Mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida uzoqni ko`zlab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida biznes uchun erkin va teng raqobat maydoni yuzaga kelmoqda. Buning samarasi tadbirkorlik subektlarining umumiy tovar aylanmasida ham aks etmoqda. Bu haqda Davlat Soliq qo`mitasi xabar bermoqda.
187,4 ming subekt aylanmasi o`tgan yilga nisbatan ko`paygan. Jami tovar aylanmasi o`sishi 127,8 %.
Yil boshidan tovar va xizmatlar aylanmasi hajmi gradasiyasi:
- 500 mln so`mgacha aylanmaga ega 282 858 subekt;
- 1 mlrdgacha — 20 688 subekt;
- 10 mlrdgacha — 26 878 subekt;
- 100 mlrdgacha — 5 253 subekt;
- 1 trlngacha — 667 subekt;
- 1 trlndan ko`p aylanmaga ega 64 subekt.
4,5 ming yakka tartibdagi tadbirkor aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to`lashga o`tgan.
26,7 ming korxona AOSdan umumbelgilangan soliqlarni to`lashga o`tgan.







