Sevimli

Qarshida fuqaro o`zini yoqib yubordi

Jamiyat 16.08.2022, 14:16
Qarshida fuqaro o`zini yoqib yubordi

Qarshi shahrida fuqaro o`ziga benzin sepib yoqib yuborgani haqida xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. 

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining xabar berishicha,  hozirda holat bo`yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.  

Qayd etilishicha, kecha, 15 avgust kuni soat 20:00 atrofida 43 yoshli P.R. ismli shaxs Qarshi shahar Shayxali shaharchi mahallasida joylashgan terini qayta ishlab chiqarish xususiy korxonasi oldidagi 40 sotix er maydoniga ishlash uchun borgan. 

P.R. korxonadan anqib turgan badbo`y teri hididan g`azablanib, baland ovozda bino oldida baqirib, ustidan benzin quyib yoqib yuborgan. Shundan so`ng, atrofda bo`lgan fuqarolar P.R.dagi olovni o`chirgan. 

Birlamchi tibbiy ma`lumotlarga ko`ra, P.R.ning tanasida 10-15 foiz kuyish jarohatlari borligi qayd etilgan. 

Fuqaro P.R. ishsiz bo`lib, avval Narkotik sotish jinoyati bilan uch marta sudlangan.

Sharhlar