1

Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlari Shveysariyadan O`zbekistonga qaytariladi

Jamiyat 16.08.2022, 17:43
Teglar: Gulnora Karimova
Gulnora Karimovaning jinoiy aktivlari Shveysariyadan O`zbekistonga qaytariladi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 2022 yil 16 avgustda Bern shahrida (Shveysariya) O`zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederasiyasi o`rtasida “O`zbekiston Respublikasi va Shveysariya Konfederasiyasi o`rtasidagi Shveysariya Konfederasiyasi hududida konfiskasiya qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O`zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlarida qaytarish yo`llari to`g`risida”gi bitim imzolanganligini ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, bitimni O`zbekiston Respublikasi nomidan adliya vaziri R. Davletov va Shveysariya nomidan ushbu mamlakatning Prezidenti I. Kassis imzoladi.

Bitimni imzolash marosimida, shuningdek BMT vakillari, xususan BMTning Ko`p-sheriklik trast jamg`armasi ofisi ijrochi koordinatori Dj. Topping ishtirok etdi.

Bitimning imzolanishi ilgari G. Karimova boshchiligidagi uyushgan jinoiy guruh tomonidan noqonuniy ravishda orttirilgan va Shveysariyada legallashtirilgan 131 mlnAQSh dollarining Shveysariya tomonidan O`zbekiston xalqiga darhol qaytarilishini anglatadi.

Qayd etilishicha, ushbu bitimning tuzilishi o`tgan 2 yil davomida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va vakolatli idoralari hamda Shveysariyaning Tashqi ishlar vazirligi va manfaatdor vazirliklari bilan BMT ishtirokidagi samarali va natijador hamkorlik, shuningdek, sinchkovlik bilan amalga oshirilgan ishlar va bir necha davralardan iborat muzokaralarning natijasidir.

Bitim noqonuniy orttirilgan taqriban 131 mln AQSh dollariga (taqriban 1,4 trln so`m) teng aktivlarni O`zbekistonga qaytarishni, noqonuniy orttirilgan aktivlarni qaytarishning asosiy prinsiplari, mexanizm va maqsadlarini belgilaydi.

 

Sharhlar

Gulnora Karimova boshchiligidagi jinoiy guruhning Shveysariyadan tashqari yana qaysi davlatlarda jinoiy aktivlari borligi ma`lum qilindi

13.09.2022, 13:05

Adliya vazirligida bo`lib o`tgan G.Karimovaga ilgari tegishli bo`lgan aktivlarni qaytarishga qaratilgan Restitusiyaga oid bitim bo`yicha matbuot anjumanida qayd etilishicha, Shveysariyada joylashgan aktivlardan tashqari, Gulnora Karimova...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1