Farg`ona viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o`zgartirilmoqda

Jamiyat 16.08.2022, 18:16
Teglar: Farg`ona, Qonunchilik palatasi
Farg`ona viloyatining tuman va shaharlari chegaralari o`zgartirilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar  “Farg`ona viloyatining O`zbekiston, Uchko`prik, Dang`ara, Farg`ona, Toshloq, Qo`shtepa tumanlari, Qo`qon, Marg`ilon va Farg`ona shaharlari hududi chegaralarini o`zgartirish to`g`risida”gi Qonunchilik palatasi qarori loyihasini ko`rib chiqishdi.Bu haqda quyi palata matbulot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur hujjatda hududlarning yaxlitligi, ma`muriy-hududiy birliklaridagi davlat boshqaruvining samaradorligi hamda ma`muriy- hududiy birliklarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi asosiy tamoyillardan biri hisoblanishi belgilanmoqda.

Ushbu qarorning qabul qilinishi Farg`ona viloyati ma`muriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish, mahalliy davlat hokimliklari organlari tomonidan hudud boshqaruvini yanada soddalashtirishga olib keladi. E`tiborli tomoni, Farg`ona viloyati shaharlari va tumanlari chegarasidagi muammoli masalalarni echish, aholi turmush darajasi sifatini oshirish, ijtimoiy infratuzilmalar hamda yo`l xo`jaligini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi.

Majlisda qaror loyihasi qabul qilindi.

Sharhlar

⚡️Farg`onada 20 yoshli o`g`il xotini bilan janjallashgan onasini pichoqlab o`ldirdi (video)

07.03.2023, 13:30

Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi. Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi...
20 ming AQSh dollari bilan qo`lga tushib qamalgan hokim o`rinbosari Farg`ona viloyati hokimligida ish boshlagani rad etildi

17.12.2022, 10:55

Telegram kanallardan birida Farg`ona viloyati Buvayda tumani hokimining sobiq 1-o`rinbosari bo`lgan Dexqonov Mirzoxidjon bundan 2 yil avval 20 000 dollar pora bilan qo`lga tushib,  ozodlikdan...
Farg`onadagi istirohat bog`ida ayol 3 kishini pichoqladi

28.11.2022, 09:55

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltiariq tumanida 3 nafar qiz pichoqlangani haqida xabarlar tarqldi. Farg`ona viloyati IIB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.Ma`lum bo`lishicha joriy yilning 26...
Sardoba va Farg`ona tumanlariga hokim tayinlandi

17.10.2022, 12:27

Sardoba tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bugunga qadar O`zbekiston Respublikasi suv xo`jaligi vazirining o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Mirzaev Akmal Arzievich nomzodi tuman hokimi lavozimiga tavsiya etildi.A.Mirzaev 1971...