1

"Ruxsatlaringiz bilan men ham o`z fikrimni bildirmoqchiman"

Jamiyat 16.08.2022, 23:00
"Ruxsatlaringiz bilan men ham o`z fikrimni bildirmoqchiman"

Alisher Fayz Konstitutsiyasning 63 va 64-moddalariga kiritilayotgan o`zgartirishlar haqida gapirdi.

"Bosh qomusimizda ayol va erkakning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligi asosida shakllanishi hamda jamiyat va davlatning himoyasida ekanligini mustahkamlab qo`yish lozim degan taklif insonni alohida e`tiborini qaratdi",-deydi taniqli san`atkor buni juda ham to`g`ri deb bilishini aytib.

U yuqoridagi taklifni mustahkamlab qo`yishni muhim deb hisoblaydi.

"Xalq ichida yurib, ularning xursandchilik kunlariga guvoh bo`lamiz. Biroq ba`an hech qancha vaqt o`tmay turib bu oilalar ajrashib ketgani ham qulog`imizga chalinadi. Natijada ularning norasida farzandlari etim qolayotgani ham isonni baribir bu mavzuga befarq qolmasligiga sabab bo`ladi. Shuning uchun ham mana shu qoidalar konstitusiyada mustahkamlab qo`yilishi nihoyatda muhim deb o`ylayman. Bu nafaqat san`atkor, balki bir oilaning boshlig`i, shu yurt farzandi, kimningdir akasi yoki do`sti sifatida chin yurakdan aytilgan gaplar",-deydi o`zbek xalqining sevimli xonandasi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1