AsosiyJamiyat

Alisher Qodirov: "Qoraqalpog`istonda hech qanday repressiya va bosim yo`q"

'Alisher Qodirov: "Qoraqalpog`istonda hech qanday repressiya va bosim yo`q"'ning rasmi

Sal avval, Komissiya Qoraqalpog`istondagi voqealar bo`yicha navbatdagi tekshiruvini boshlagani, ayrim ma`lumotlar qayta tekshirilayotgani xabar qilingan edi. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati  Qoraqalpog`istonda hech qanday repressiya va bosim yo`qligini yozmoqda. Unga ko`ra, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

"O`xshash mavzularda surishtiruvlar AQSh, Qozog`iston, Shri-Lanka, Myanma kabi davlatlarda ham uzoq vaqt olib borilgan va ayrimlarida davom etmoqda, bu juda tabiiy va to`g`ri.  

Qonunni buzgan inson, er yuzini istalgan burchagida tergov qilinadi, aybi bo`lsa jazolanadi. Aybi yo`qlar qo`yib yuboriladi.  

Qoraqalpog`istonda mingdan ortiq inson aybsiz bo`lgani uchun emas, yaxshi niyat namoyishi sifatida qo`yib yuborilgan. Qolgan qism bilan tergov yakunlanmadi.  

Provokasiya qilmang, surishtiruvga xalaqit bermang.  

Komissiya faoliyatini TWITTERda @independentuzb manzilida kuzatib boring", - deb yozadi O`zLiDep raisi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar