AsosiyJamiyat

Buxorodagi qamishzorlarda yong`in sodir bo`ldi, 100dan ortiq qutqaruv xodimlari jalb etilgan

'Buxorodagi qamishzorlarda yong`in sodir bo`ldi, 100dan ortiq qutqaruv xodimlari jalb etilgan'ning rasmi

Buxoro viloyatidagi qamishzorlarda yong`in yuzaga keldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga Buxoro viloyati Peshku tumanidagi Qoraqir massivi hududidagi qamishzorda yong`in  bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Ushbu maydon aholi punktlaridan uzoqda joylashganligi sababli aholiga va ularning mol-mulklariga xavf solmagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining 107 nafar xodimdan iborat yong`in-qutqaruv brigadalari zudlik bilan yong`in joyiga etib borgan. Yong`in chuqur botqoqlik hududida bo`lganligi sababli Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong`in-qutqaruv texnikalaridan foydalanishning imkoni bo`lmadi. Shu sababli yong`in qo`lda ishlatiladigan asbob-anjomlar orqali bartaraf etilmoqda.

Bugun yong`inni o`chirishga Mudofaa vazirligining maxsus vertolyoti ham jalb qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, yong`in 100 gektar maydonni qamrab olgan bo`lib, uning 80 foizini o`chirishga erishildi. Yaqin soatlar ichida yong`in to`liq o`chiriladi, deyiladi xabarda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar