O`zbekistondan Qirg`izistonga ketayotgan avtobus Qozog`istonda yo`l transport hodisasiga uchradi. Bu haqda "Sputnik" xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, yo`l trasport hodisasi bugun, 27 avgust kuni Turkiston viloyatida sodir bo`lgan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chekkasiga chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida 12 kishi turli tan jarohatlari olgan va ular eng yaqin shifoxonaga yotqizilgan.