AsosiyJamiyat
4417

Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor

'Namanganda "Lacetti" kelib urilgan "Vaz 2107" yonib ketdi. Vafot etganlar bor'ning rasmi

Namanganda sodir bo`lgan YTH o`lim bilan yakunlandi. Bu haqda Namangan viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 03:45larda 4R-112 "Farg`ona halqa yo`li" avtomobil yo`lining 51-kilometrida "Lacetti" rusumli avtomashinani "Namangan-Chust" yo`nalishida boshqarib ketayotgan haydovchi qarama-qarshi yo`nalishga o`tib ketib, "Vaz 2107" rusumli transport vositasi bilan to`qnashgan.  

To`qnashuv natijasida "Vaz-2107" avtomashinasida yong`in sodir bo`lgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar bor, jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan.  

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar