AsosiySiyosat

Jo`qorg`i Kenges raisi Amanbay Orinbaev Senat raisiga o`rinbosar etib saylandi

'Jo`qorg`i Kenges raisi Amanbay Orinbaev Senat raisiga o`rinbosar etib saylandi'ning rasmi

Bugun,13 sentyabr kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o`ttiz ikkinchi yalpi majlisi o`z ishini boshladi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda. 

Unda Senat, hukumat  a`zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a`zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda. Yalpi majlisni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva olib bormoqda.

Dastlab, Senat Raisi o`rinbosarini saylash masalasi ko`rib chiqildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi Amanbay Orinbaev Senat raisi o`rinbosarligiga saylandi. Murat Kallibekovich Kamalov Oliy Majlis Senati raisining o`rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar