AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qiymati 40 mln. so`mga teng bo`lgan tamaki mahsulotining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi (video)

'Qashqadaryoda qiymati 40 mln. so`mga teng bo`lgan tamaki mahsulotining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi (video)'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qilish organlari kontrabanda sigaretlari savdosiga chek qo`ydilar. Tezkor tadbir davomida viloyatdagi savdo markazlaridan biriga olib kirishga urinish chog`ida jami 18 mln 700 ming so`mlik 20 000 dona sigaret qo`lga olindi. 

Shuningdek, Qarshida umumiy summasi 21 mln 820 ming so`m bo`lgan 18 000 ta aksizsiz sigaretlarni sotishga urinayotgan fuqaro qo`lga tushdi.  

Qashqadaryo viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot kotibi Aziza Xushvaqtova bojxona organlari ushbu faktlar bo`yicha tekshiruv o`tkazayotganligini ma`lum qildi.

Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida kontrabanda tamaki mahsuloti savdosining darajasi 10%ni tashkil qiladi. Noqonuniy sotuvchilar va kontrabandachilar davlat iqtisodiyotiga ulkan zarar etkazadi, shu sababli ularning faoliyatiga zudlik bilan chek qo`yish va qonuniy jazo qo`llash zarur. Boz ustiga, kontrabanda sigaretlari bilan birga O`zbekistonga ko`pincha taqiqlangan moddalar va qalbaki dori-darmon ham kirib keladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar