Bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar O`zbekistondagi banklardan birining mablag`larini o`zlashtirdi

Jinoyat 17.09.2022, 10:56
Bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar O`zbekistondagi banklardan birining mablag`larini o`zlashtirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda InFinBank’da xakerlik yo`li bilan pul mablag`larini o`g`irlash holatlari yuz bergani haqida axborotlar tarqatilmoqda. Holatga mazkur bankning o`zi oydinlik kiritdi

Ma`lum qilinigicha, shu yilning 3-5 sentyabr` kunlari bir guruh xalqaro moliyaviy firibgarlar xorijda joylashgan fiktiv merchant xizmatlaridan  InFinBank’da o`zlarining jinoiy sheriklari nomiga ochilgan Visa kartalariga valyuta mablag`larini o`tkazishga va shu kunlarning o`zida bankomat tizimlarida naqdlashtirish, boshqa banklarning mobil ilovalari, Humo va Uzcard tizimida ochilgan kartalar vositasida o`zlashtirishga uringanlar.  

Hozirda jinoiy guruhning a`zolari aniqlangan. Gumonlanuvchilar qo`lga olingan. Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Noqonuniy ishlatilgan va o`zlashtirilgan mablag`larning bir qismi undirildi va qolgan qismini undirish harakatlari amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda ko`rsatilgan summalar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

Surishtiruv, tergov va undiruv harakatlari yakuni bo`yicha qo`shimcha ma`lumot va axborotlar beriladi, deyilgan xabarda. 

 

Sharhlar