O`zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi elchixonasi vatandoshlarni yana bir bor xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantiradi.
Elchixonaning ma`lum qilishicha, O`zbekiston Respublikasi fuqaroligi to`g`risidagi qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining fuqarosi bo`lgan shaxs xorijiy davlatning fuqaroligiga tegishli deb e`tirof etilmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e`lon qilingan kundan boshlab O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi bekor qilinadi.
Shu munosabat bilan, diplomatik vakolatxona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko`ra "yollanish" - xorijiy davlat hududidagi qurolli to`qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o`n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o`tadi.
Elchixona O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to`g`risida xolis ma`lumotlar mavjud bo`lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlantiradi. Elchixona yurtdoshlarimizni da`vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo`lishga chaqiradi.
14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...30.01.2023, 12:54
Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...