1

Farg`onada elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi yakuniy bosqichga kirdi

Iqtisodiyot 24.09.2022, 08:29
Farg`onada elektromobillar ishlab chiqarish loyihasi yakuniy bosqichga kirdi

Farg`ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Farg`ona shahridagi o`rganishlari davomida mexanika zavodi hududida joylashgan kichik sanoat zonasidagi “Central Asia Motors” korxonasida bo`ldi. Viloyat rahbariga viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamrohlik qildi, deya xabar qilmoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. 

Korxonada 2021-2022 yillarda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko`zda tutilgan elektromobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirish hamda engil va yuk elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi bo`yicha qilingan ishlar ko`zdan kechirildi. 5 million dollar tadbirkorning o`z mablag`lari, 5 million dollar bank krediti hamda 40 million dollar to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investisiya hisobiga jami 50 million dollar sarflanishi ko`zda tutilgan ushbu loyiha to`liq yakunlansa, 350 dan ortiq yangi ish o`rni yaratiladi. Yillik 10 ming elektromobil ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi va uning 40 foizi eksportga yo`naltiriladi.

Shuningdek, elektromobillar uchun kuzov, zaryad stansiyasi, akkumulyator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1