Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

Jamiyat 24.09.2022, 10:47
Teglar: Aeroport, ​Samarqand
Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi

O`zbekistonda turizm salohiyatini oshirish, yangi barpo etilgan Samarqand xalqaro aeroporti imkoniyatlaridan to`laqonli foydalanish hamda aviatashuvlar bozorida raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida 2022 yil 1 oktyabrdan Samarqand xalqaro aeroportida “Ochiq osmon” rejimi joriy etiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, “Ochiq osmon” rejimi Samarqand xalqaro aeroportining texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xalqaro huquq me`yorlariga muvofiq xorijiy aviakompaniyalar uchun reyslar va yo`nalishlar bo`yicha cheklovlarning bekor qilinishini anglatadi.

Endilikda xorijiy aviakompaniyalar havo qatnovi to`g`risidagi hukumatlararo bitimning mavjud yoki mavjud emasligidan qat`iy nazar Samarqand xalqaro aeroportiga aviaqatnovlarni amalga oshira oladi.

Joriy yilning 1 oktyabr sanasidan Samarqand xalqaro aeroportida yangi tartibning joriy etilganligi to`g`risida chet el aviasiya ma`muriyatlari o`rnatilgan tartibda xabardor etildi.

Sharhlar

"Restoran ishchilaridan tortib IIB kapitanigacha..." Samarqandda bloger ichib olib "tomosha" ko`rsatdi

14.02.2023, 13:35

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqaldi....
Samarqandda bir oilaning 5 a`zosi zaharlanib, ikki nafari vafot etgani bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

01.02.2023, 10:49

Avval xabar qilganimizdek, Samarqand viloyati Qo`shrabot tuman "Zarmitan" MFYda yashovchi fuqaro S.N. xonadonida uyda, qo`lbola usulda tayyorlangan bodring konservasini iste`mol qilish natijasida 5 kishida ovqatdan...
Samarqandda 64 yoshli ayol avtobus urib ketishi natijasida voqea joyida vafot etdi (video)

30.01.2023, 12:13

Samarqandda inson o`limi bilan bog`liq ayanchli YTH sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda. Ma`lum qilinishicha, 24 yanvar kuni soat 07:30 atrofida Samarqand...
⚡️ "Tarkibida zaharli modda". SSV Samarqandda 18 nafar bolaning o`limiga sabab bo`lgan Dok-1 Maks siropi bo`yicha o`rganish natijalarini e`lon qildi

27.12.2022, 10:20

Avvalroq xabar berganimizdek, O`zbekistonda  "Dok-1 Maks" dori vositasidan bolalar o`rtasidagi o`lim holatlarining aniqlangan edi. Shundan so`ng SSV o`rganish ishlarini boshlab yubordi va O`zbekistonda "Dok-1 Maks"...