AsosiyJamiyat

"Yig`lagudek holat..." Rossiyadan qaytayotganlar Darakchi.uz' ga mamlakat va aeroportdagi holat haqida gapirib berishdi (video)

'"Yig`lagudek holat..."   Rossiyadan qaytayotganlar Darakchi.uz' ga mamlakat va aeroportdagi holat haqida gapirib berishdi (video)'ning rasmi

Rossiyadan e`lon qilingan safarbarlik sabab mana necha kundirki ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatni aholi tashlab ketayotganligi, tirbandliklar, aeroportdagi turnaqator navbatlar va mashina narxiga tenglashtirilayotgan chiptalar haqida xabarlar tarqamoqda.  

Xo`sh, vaziyat haqiqatdan shundaymi? Sir tutilayotgan yana nimalar bor? Surishtiruv o`tkazish maqsadida ijodiy jamoamiz bilan Toshkent xalqaro aeroportiga bordik.

Rossiyadan uchib kelganlarning aksariyati chipta, aeroportdagi holat yoxud u erdagi safarbarlik haqidagi savollarimizga javob berishga qiynalishdi.

https://youtu.be/-LPUuKZjb3U

 Sababi ularning ko`pchiligi "bilet"ni juda katta miqdordagi pulga sotib olgan.

"Bitta chiptani 1 200 dollarga sotib oldik. Aeroportda ketar ekanmiz, hech qanday muammo yo`q, hammasi yaxshiga o`xshaydi. Ammo, Rossiyadagi vaziyatni o`zingiz ko`rib-bilib turibsiz, "yig`lagudek" ahvolda",— deydi samolyotdan qo`nganiga ko`p bo`lmagan kishi.

"16 200 rublga, 1 oy avval 3 ta chiptani 16 200 rublga  olgandim. Hozir shahar va aeroportdagi holat tinch" — deydi Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytgan yo`lovchi.

"Chiptani 15 000 rublga oldim. Moskva aeroportida katta navbatlar guvohi bo`lmadim" — deydi yana bir yo`lovchi.

"Chiptani 4 kun avval sotib olgandim, 12 800 rublga tushdi. Sog`-salomat etib keldik"  —  deydi boshqa bir odam.

Tafsilotlarni yoritishda davom etamiz.

Oybek Shukurov,

Dilbar Abdunabieva.

Boshqa yangiliklar