AsosiyJamiyat

Soliq tizimida 10 ga yaqin xodim ishdan olindi, 10 nafarining maxsus unvoni pasaytirildi, yana 10dan ortig`i esa...

'Soliq tizimida 10 ga yaqin xodim ishdan olindi, 10 nafarining maxsus unvoni pasaytirildi, yana 10dan ortig`i esa...'ning rasmi

Joriy yilning 28 sentyabr kuni Davlat soliq qo`mitasi Raisi Sherzod Kudbiev rahbarligida QQS manfiy farq summalarini qoplab berish bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlarining murojaatlarini ko`rib chiqilishiga bag`ishlangan xizmat yig`ilishi o`tkazildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Davlat soliq qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi. 

Tanqidiy muhokama natijalari bilan murojaatlarni belgilangan tartib va muddatda ko`rib chiqmasdan sansolarlikka  yo`l qo`ygan, xizmat vazifalarini bajarishda mas`uliyatsizlik qilgan 9 ta xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.  

Shuningdek, 10 ta xodimning maxsus unvoni pasaytirildi va 13 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilandi.  

Ushbu masalada har hafta yakuni bilan har bir hududiy davlat soliq boshqarmalarining “korxonabay” hisobotlarini eshitish tizimi joriy etildi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar