Tesla kompaniyasi odamga o`xshash robotni namoyish etdi

Hi-tech 03.10.2022, 21:52
Tesla kompaniyasi odamga o`xshash robotni namoyish etdi

Mashhur amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Tesla kompaniyasi Optimus nomli odamsimon robotni namoyish etdi.

Hozirda robotda Teslaning hisoblagichlari va “avtopilot” texnologiyasidan foydalaniladi. Robot qutilarni olib yurish, jihozlarning qismlarini ajaratib olish va gullarni sug`orish vazifalarini bajara oladi.

BiroqTesla ishlanmalar katta salohiyatga ega ekanligiga ishonchi komil. Kompaniyaning ta`kidlashicha, ishlab chiqarish modeli soatiga 8 kilometr tezlikda harakatlana oladi va 20 kilogrammgacha bo`lgan yuklarni ko`tara oladi.

Robot SoC Tesla prosessori, Wi-Fi va LTE modullari hamda bir kunga etadigan 2,3 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlangan.

Robotning narxi 20 ming dollardan kamroq bo`lishi aytilmoqda. Ilon Maskning fikricha, uning kompaniyasi millionlab shunday robotlarni ishlab chiqara oladi, deyiladi korrespondent.net saytida.

Sharhlar