AsosiyJamiyat

Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)

'Jizzaxda ichki ishlar xodimi YTHga uchrab halok bo`ldi. U nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan (video)'ning rasmi

Jizzaxda nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan IIB xodimi avtohalokatga uchrab vafot etdi. Bu haqda "Zamon" dasturida xabar qilindi

Ma`lum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani "Uchtepa" mahallasida yashovchi Hasanxon Shukurullaev viloyat IIB boshlig`ining farmoyishiga asosan Zarbdor tumani "Yangikent" mahallasida tashkil etilgan nazorat-tekshiruv postiga tungi xizmatga ketayotgan bo`lgan. Biroq uning "Jiguli" avtomobilining o`ng tomon shinalari texnik shikastlanishi oqibatida boshqaruvni yo`qotib, dala maydoni chetiga ag`darilgan va leytenant Shukurullaev olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Marhumning otasining aytishicha, IIB xodimi ikki kun avval leytenant unvonini olgan, ammo hali pоgonni taqishga ham ulgurmagan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar