AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari ob-havo issiq va quruq bo`ladi — "O`zgidromet"

'Dam olish kunlari ob-havo issiq va quruq bo`ladi — "O`zgidromet"'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun va dam olish kunlari O`zbekiston hududiga iliq va quruq havo massasi kirib kelishi davom etadi, faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kaspiy dengizi hududlaridan bulutli massivlar kirib kelishida 15 oktyabr kuni beqaror ob-havo bo`lishi kutilmoqda, ba`zi joylarda yog`ir yog`adi.

Kunduzgi havo harorati ushbu kunning o`rtacha me`yoriy qiymatlaridan ko`p bo`ladi va 26-29o ni tashkil etadi.

Shimolda va cho`l hududlarda 16 oktyabr kuni ba`zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar kuzatilishi mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar