AsosiySiyosat

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mam...

'Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi'ning rasmi

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. 

Davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan boshlangan keng ko`lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kuchli Turkmanistonni barpo etish uchun mustahkam poydevor bo`lganini alohida qayd etdi.

- Bugun qardosh Turkmaniston milliy birlikni va tarixiy-madaniy an`analarni saqlash asosida jadal rivojlanmoqda. Bu butun dunyoda o`zining yuksak e`tirofiga sazovor bo`ldi, – dedi Shavkat Mirziyoev.

Gurbanguli Berdimuhamedov birodar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik munosabatlarini mustahkamlashga hamda ularni chuqur strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga shaxsan hissa qo`shgani alohida ta`kidlandi.

O`zbekiston-Turkmaniston aloqalari o`zaro hal bo`lmagan masalalardan xoli davlatlararo sheriklikning haqiqiy namunasi ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik masalalarining keng doirasi muhokama qilindi.

Parlamentlarimiz o`rtasidagi muloqot xalqlarimizning yanada yaqinlashishida eng muhim omil ekani ta`kidlandi.

- Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish uchun parlamentlararo hamkorlik salohiyatidan bundan buyon ham samarali foydalanishimiz lozim, - dedi Shavkat Mirziyoev.

Uchrashuv so`ngida Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi.

 

Boshqa yangiliklar