O`zbekistonning My Freighter yuk aviakompaniyasi birinchi Boeing-747 samolyotini xarid qildi

Iqtisodiyot 24.10.2022, 11:41
O`zbekistonning My Freighter yuk aviakompaniyasi birinchi Boeing-747 samolyotini xarid qildi

My Freighter mahalliy yuk tashuvchi aviakompaniyasining samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo`ndi. Samolyot an`anaviy ravishda suv arkasi bilan kutib olindi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar qildi. 

Jumbo Jet nomi bilan tanilgan va 105 tonna sig`imga ega Boeing-747 My Freighter kompaniyasining birinchi shaxsiy yuk samolyoti bo`ldi. 2019 yilda tashkil etilgan kompaniya shu paytgacha “UzAirways” kompaniyasidan ijaraga olingan samolyotlarda yuk reyslarini amalga oshirib kelgan. Yaqin kelajakda My Freighter yana beshta Boeing-747 yuk samolyotini sotib olishni, yaqin besh yil ichida esa parkni 20 ta yuk samolyotigacha etkazishni rejalashtirmoqda.

2022 yilda kompaniya yuk reyslari soni 410 taga etdi. My Freighter Xitoyning o`nta yirik shahrida o`z omborlariga ega, yuk yig`ish punktlari Evropada Chexiya, Lyuksemburg, Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiyada, shuningdek, BAAda, Janubiy Koreyada, Rossiya, Braziliya va Vetnamda joylashgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1