1

O`zbekistonda ilk bor xorijiy investor tomonidan davlat qimmatli qog`ozlarini sotib olish bo`yicha bitim imzolandi

Iqtisodiyot 02.11.2022, 13:36
O`zbekistonda ilk bor xorijiy investor tomonidan davlat qimmatli qog`ozlarini sotib olish bo`yicha bitim imzolandi

O`zbekiston respublika valyuta birjasida ilk bor xorijiy investor tomonidan davlat qimmatli qog`ozlarini sotib olish bo`yicha va fyuchers shartnomalari bilan bitimlar imzolandi.

O`zRVB axborot xizmati xabar berishicha, 2022 yil 1 noyabr kuni O`zbekiston respublika valyuta birjasi (O`zRVB) savdo platformasida ilk bor “Asakabank” AJ va “Qishloq qurilish banki” ATB tomonidan ekspirasiya muddati joriy yilning noyabr oyida belgilangan valyutaviy fyuchers shartnomalari bilan bitimlar tuzildi.

O`zRVBning boshqa birja instrumentlari qatorida taklif etilayotgan ushbu yangi instrument bozor ishtirokchilari uchun valyuta xatarlarini himoya qilish, shuningdek, narx o`zgarishlari evaziga daromad olish imkonini yaratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1