AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak 6 yoshli qizga tegajog`lik qildi (video)

'Toshkentda erkak 6 yoshli qizga tegajog`lik qildi (video)'ning rasmi

Toshkentda 6 yoshli qizga tegajog`lik qilgan erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda "Nemolchi.uz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 7 iyul kuni Toshkent shahridagi ko`p qavatli uylarning biriga kiraverishda erkak yaqin atrofda o`ynab yurgan qizchani yoniga chaqirgan.

Shuningdek, uyning 1 va 2-qavati oralig`ida erkak olti yoshli qizchani quchoqlab, lablaridan o`pa boshlagan. Baqirishiga yo`l qo`ymaslik uchun og`zini qo`li bilan yopgan. O`sha vaqtda xonadonlardan birining eshigi ochilgan ovozi eshitilgan, u qizchani kiyintirgan va 10 gacha sanab, keyin ko`chaga chiqishini aytgan.

Qiz onasiga dugonasi bilan mushuk bolasini izlab yurgan vaqtda begona erkak yonida mushukcha borligini aytib aldaganini va uni echintirib, qiynaganini aytgan.

Shu bilan birga, qizning onasi darhol huquq-tartibot xodimlariga murojaat qilgan, organ xodimlari bir kun ichida kuzatuv kamerasi tasvirlari orqali noma`lum shaxsni topgan.

Erkak tushuntirish xati yozib, mast bo`lganini ta`kidlagan. Birinchi tushuntirish xatida u shahvoniy hissini qondirganini, keyin esa qo`rquvdan yozganini va uni yozishga majbur qilishganini da`vo qila boshlagan.

Psixologik tekshiruv qizda jinsiy zo`ravonlikdan keyingi alomatlarga o`xshash stressni aniqlagan. Mutaxassislar ham qizcha haqiqatni gapirayotganini tasdiqlagan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (16 yoshga to`lmagan shaxsga nisbatan nomuvofiq harakatlar qilish) va 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojlarni g`ayritabiiy shaklda majburan qondirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ish Jinoyat ishlari bo`yicha Yunusobod sudida ko`rilmoqda. Birinchi sud majlisida ayblanuvchi 129-modda (o`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish) bo`yicha aybiga iqror bo`lgan, biroq 119-modda (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) bo`yicha aybini tan olmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar