Turkiyaning Istanbul shahri markazidagi Istiqlol ko`chasida uyushtirilgan hujumda gumonlanuvchini qo`lga olindi, deya xabar bermoqda “Anadolu”ga tayanib "interfax".
Ma`lum qilinishicha, ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu yakshanba kuni Istanbulning Istiqlol xiyobonida portlashga sabab bo`lgan bombani qoldirgan shaxs polisiya tomonidan qo`lga olinganini xabar qilgan.
Turkiya vise-prezidenti Fuat O`qtay agentlikka bu voqea terrorchilik harakati sifatida baholanishini aytdi.
"Biz buni terrorchilik harakati deb bilamiz. Hujumchi, bu ayol bo`lganiga ishonamiz, bombani portlatgan", - deya qo`shimcha qildi O`qtoy.
Turkiya sog`liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja yakshanba kuni kechqurun tvitterdagi sahifasida portlashda jarohat olgan 81 kishidan 42 nafari shifoxonada qolayotganini ma`lum qildi.
“Besh nafari hamon reanimasiya bo`limida, ikki nafarining ahvoli og`ir”, — dedi u va ularga barcha zarur yordam ko`rsatilayotganini qo`shimcha qildi.
Eslatib o`tamiz, Istanbul markazida, gavjum Istiqlol ko`chasida, Beyog`lu tumanidagi Taksim maydoni yaqinida portlash sodir bo`ldi.
Bu sayyohlar orasida eng mashhur yo`nalishlardan biridir. Bundan tashqari, ushbu ko`chada Rossiya konsulligi joylashgan. Turkiya matbuotiga ko`ra, hodisa oqibatida 6 kishi halok bo`lgan, 81 kishi jarohatlangan.
Portlash oqibatida 6 kishi halok bo`lgan, 81 kishi jarohatlangan.
28.03.2023, 08:58
27 mart kuni telegram-kanallarda Chorvoq suv omborida suv sathining pasayishi oqibatida yuzaga chiqib qolgan odam suyaklari aks etgan video tarqaldi. Video mualliflari tomonidan ushbu suyaklar bu...24.03.2023, 19:56
Bahchelievlerda o`zi bilan birga yashagan 40 yoshli O`zbekiston fuqarosi Umida To`laganovani tosh bilan o`ldirib, jasadini bo`laklab, so`ng muzlatgichga qo`ygan 61 yoshli Riza Beler qo`lga olindi....15.03.2023, 12:05
Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar joy kiraverishida o`zbekistonlik ayol rashk tufayli sevgilisi tomonidan avval kaltaklandi, keyin esa pichoqlandi. Og`ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga etkazilgan ayol vafot...14.03.2023, 13:50
Yakkasaroy tumanidagi 91-maktabda direktor va uning o`rinbosarlari mashhur "Za dengi da" qo`shig`iga qalbaki dollar sochgan holda olgan hazilomuz videosi tarqaldi. Holat yuzasidan Yakkasaroy tuman hokimligi munosabat bildirdi. Ma`lum...