AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kadastr xodimlari 10 oy ichida 1600 dan ziyod er qonunbuzilish holatlarini aniqlashdi

'Qashqadaryoda kadastr xodimlari 10 oy ichida 1600 dan ziyod er qonunbuzilish holatlarini aniqlashdi'ning rasmi

Kadastr agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo`limlari tomonidan o`tgan 10 oy vaqt davomida 1 656 ta holatda 1 647,1 gektar er maydoni qonunbuzar shaxslar tomonidan o`zboshimchalik bilan egallab olingani holatlarini aniqlagan. Bu haqda Boshqarma matbuot xizmati "Darakchi.uz"ga xabar berdi.

Jumladan:

▪️Chiroqchi tumanida 112 ta holatda 43,6 ga

▪️Dehqonobod tumanida 84 ta holatda 7,1 ga

▪️G`uzor tumanida 110 ta holatda 9,1 ga

▪️Kasbi tumanida 122 ta holatda 118,9 ga

▪️Kitob tumanida 109 ta holatda 22,1ga

▪️Koson tumanida 141 ta holatda 169,8 ga

▪️Mirishkor tumanida 75 ta holatda 34,2ga

▪️Muborak tumanida  81 holatda 13,6 ga  

▪️Nishon tumanida  125ta holatda  73,9 ga

▪️Qamashi tumanida 166 ta holatda 81,8 ga

▪️Qarshi shahrida 45 ta holatda 2,3 ga

▪️Qarshi tumanida 165 ta holatda 23,4 ga

▪️Shahrisabz shahrida 27 ta holatda  1,0 ga

▪️Shahrisabz tumanida  65 ta holatda 8,3 ga

▪️Yakkabog` tumanida 193 ta holatda 25,9ga

▪️Ko`kdala tumanida 36 ta holatda 12,0 gektar er maydoni o`zboshimchalik bilan egallab olingani holatlari aniqlangan.

Erlarni noqonuniy egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi. Er inspektorlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida erlarni noqonuniy egallashga oid 814 ta holat fuqarolar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan. Qashqadaryo viloyatida er nazorati tadbirlari davom etmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar