AsosiyHi-tech

iPhone 15'ning dizayni o`zgaradi

'iPhone 15'ning dizayni o`zgaradi'ning rasmi

Ko`pchilik so`nggi avlod iPhone smartfonlarini stoldan olishga qiynalishini aytadi, chunki smartfon tep-tekis qirrali dizaynga ega va shu sabab stolga yopishib turadi. Yaxshiyamki, qurilmaning bo`rtib chiqib turgan orqa kameralari ishni engillashtiradi. Biroq bu navbatdagi iPhone'lar bilan yanada osonlashadi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Apple'ning yangi avlod iPhone smartfonlari titan tanaga ega bo`lishi avval ham mish-mish qilingan edi. Taniqli insayder, ShrimpApplePro ushbu ma`lumotni yana bir marta tasdiqladi va shu bilan birga u iPhone 15 smartfonlarining orqa tomoni chegaralari yumaloqlangan bo`lishini aytdi. Bu smartfonlar iPhone 5C'ga o`xshash ko`rinish ya`ni old tomoni tekis, lekin orqa tomoni chegaralari biroz yumaloqlangan dizaynga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar