AsosiyIqtisodiyot

To`langan keshbeklar 602 milliard so`mdan oshdi — DSQ

'To`langan keshbeklar 602 milliard so`mdan oshdi — DSQ'ning rasmi

Oktyabr oyi uchun 1 201 152 nafar iste`molchiga 82,2 mlrd so`m keshbek to`landi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar qildi. 

Qayd etilishicha, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-sentyabr oylari uchun yana 1,5 mlrd so`m keshbek tasdiqlandi.

Shunday qilib, yil boshidan buyon 1 506 906 nafar fuqaro 602,9 mlrd so`m keshbek oldi.

Ma`lumot uchun: foydalanuvchi shaxsini aniqlash va xavfsizlik maqsadida 500 000 so`mdan ortiq keshbek mablag`larini bank kartasiga o`tkazishda Fase Face ID (avtorizasiya) dan o`tish talab etiladi.

 

    Boshqa yangiliklar