AsosiyJamiyat

Navoiydagi konda yuz bergan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi

'Navoiydagi konda yuz bergan portlash oqibatida mashinist halok bo`ldi'ning rasmi

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida o`lim bilan yakunlangan baxtsiz hodisa yuz berdi. Hodisa bo`yicha "Navoiy kon metallurgiya kombinati" matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 26 noyabr kuni taxminan soat 22:55 atrofida "NKMK" AJ Shimoliy kon boshqarmasi "Kokpatas" konida ekskavator yordamida kon massasini qazib olish jarayonida portlash sodir bo`lgan. Portlash oqibatida ekskavator mashinisti vafot etgan.

"O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq boshqa hil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to`g`risidagi Nizom”ga asosan maxsus tekshirish komissiyasi tomonidan portlash sabablari va baxtsiz hodisa tafsilotlari o`rganilayotganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar