AsosiyJamiyat

Shimoliy Evroosiyo iqlim markazi O`rta Osiyo mamlakatlari uchun yog`ingarchilik prognozini e`lon qildi

'Shimoliy Evroosiyo iqlim markazi O`rta Osiyo mamlakatlari uchun yog`ingarchilik prognozini e`lon qildi'ning rasmi

Shimoliy Evroosiyo iqlim markazi O`rta Osiyo mamlakatlari uchun 2022-2023 yil qish mavsumi uchun mavsumiy yog`ingarchilik prognoz ma`lumotlarini e`lon qildi. Bu haqda "O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov xabar qildi. 

Unda O`zbekistonda qishda me`yor atrofida yog`in tushishi prognoz qilingan.  

Faqatgina Farg`ona vodiy viloyatlari va Toshkent viloyati hududlarida mavsumiy yog`ingarchilik miqdorida ijobiy prognozlar mavjud. Yog`in kutilmalari me`yordan ko`p.

Ma`lumot uchun: mazkur prognoz kartasi 6 ta zamonaviy iqlim model ma`lumotlari, xususan PLAV, GGO, IVM, TCC, CanSIP, CFS2 larni birgalikda talqin qilish orqali yaratilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar