1

“Ipoteka-bank”ini sotish to`g`risidagi bitimni imzolash marosimi Prezident huzurida bo`ldi

Iqtisodiyot 12.12.2022, 15:21
“Ipoteka-bank”ini sotish to`g`risidagi bitimni imzolash marosimi Prezident huzurida bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 dekabr kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.

Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalari bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda qo`shma kooperasiya loyihalarini ilgari surish masalalari ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Shandor Chanini “Ipoteka-bank” aksiyalarining davlat ulushini xarid qilish bo`yicha bitim muvaffaqiyatli yakuniga etkazilgani va Evropaning etakchi bank-moliya instituti O`zbekiston bozoriga kirib kelgani bilan samimiy tabrikladi.

Uchrashuvda O`zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, shu jumladan sanoat, qishloq xo`jaligi, bog`dorchilik va parrandachilik, oziq-ovqat va to`qimachilik, farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa sohalarda investisiya loyihalarini amalga oshirishga Vengriya va Evroittifoqning boshqa mamlakatlaridan to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarni jalb qilish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Bundan tashqari, oliy ta`lim va professional kadrlar tayyorlashda, shuningdek, aholiga ko`rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi ta`kidlandi.

Qo`shma loyihalar va hamkorlik dasturlarini qo`llab-quvvatlash va ilgari surishga doir birinchi galdagi chora-tadbirlardan iborat “yo`l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida “OTP” banki tomonidan “Ipoteka-bank” aksiyalarining davlat ulushini sotib olish to`g`risidagi bitimni imzolash marosimi bo`lib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1