AsosiyIqtisodiyot

“O`zbekneftgaz”: Birja savdolari orqali 14 dekabr kuni 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qo`yildi

'“O`zbekneftgaz”: Birja savdolari orqali 14 dekabr kuni 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotuvga qo`yildi'ning rasmi

2022 yil 13 dekabr kuni 3,0 ming tonna avtobenzin, shu jumladan 2,8 ming tonna AI-80 markali avtobenzin ishlab chiqarildi.

Iste`molchilar talablari o`rganilib, ehtiyojni qondirish maqsadida aynan 13 dekabr kuni 37 425 tonna AI-80 avtobenzin birja savdolariga qo`yildi va to`liq sotildi. Bunda, har bir tonna mahsulot uchun yagona narx 6 295 ming so`mdan shakllandi (4 721 so`m / litr).

Bugun, 14 dekabr kuni esa birja savdolari orqali 4 750 tonna AI-80 avtobenzin sotilishi rejalashtirildi.

Iste`molchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan o`z vaqtida etkazib berish uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berilishi ta`minlanmoqda.

2022 yil 13 dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali iste`molchilarga jami 4 212 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. 2022 yil 14 dekabr holatiga tasarrufdagi neft bazalar, neftni qayta ishlash zavodlari va “UNG Petro” MChJda 22,8 ming tonna avtobenzin qoldiqlari mavjud.

“O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi topshirig`iga asosan, AYoQShlarda avtotransport vositalariga navbat bilan mahsulot qo`yish, ularga belgilangan tartibda xizmat ko`rsatish, mahsulotlarni nostandart idishlarga qo`ymaslik, ta`minotda uzilishilarga yo`l qo`ymaslik, xaridorlar bilan muloqotda odob va ahloq qoidalariga amal qilish qat`iy nazorat qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar