Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida "Spark" haydovchisi piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 13 dekabr kuni soat 21:45 larda Ohangaron tumanida "Spark" haydovchisi piyodani urib yuborgan va fuqaroga birinchi yordam ko`rsatmasdan, voqea joyidan qochib ketgan. Oqibatda fuqaro vafot etgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida YTHni 1996 yilda tug`ilgan, O`rta Chirchiq tumanida yashovchi fuqaro sodir etgani aniqlangan.
“Olmaliqdan xotinim bilan qaytayotgandim. Yo`lni o`rtasida odamni ko`rdim, mashinani yonga oldim. Lekin oynam xira bo`lgani uchun uni urib yubordim. Shok holatga tushdim. O`zimni bilmay to`xtamasdan ketib qoldim. Shifoxonani topib, uning holatini bilmoqchi bo`ldim. Bunaqa avrariyalar bo`lganda hammaga ichki ishlar organlariga xabar berish va tez yordamni chaqirishni tavsiya qilaman”, - deydi ayblanuvchi.
Fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksning 266 va 117-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.