Biroz avval, Samarqandda “Dok-1 Maks” dorisini qabul qilgan bolalarda ommaviy o`lim kuzatilgani aytilmoqdaligi haqida xabar bergan edik.
Sog`liqni saqlash vazirligi holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berdi:
"Samarqand shahrida “Dok-1 Maks” tabletka va sirop dori vositalari oqibatida nojo`ya ta`sirlar kuzatilgani gumon qilingan bemorlar holati yuzasidan Sog`liqni saqlash vazirligi maxsus ishchi guruhi viloyatda o`rganish olib bormoqda.
Uning tarkibiga vazirlik, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi xodimlari, bolalar nefrologi, pediatr kabi malakali mutaxassislar kiritildi. Ular har bir gumon qilingan bemor bola anamnezi bo`yicha chuqur tahlil o`tkazmoqda. Xulosa natijalari haqida qo`shimcha ma`lumot beriladi" deyiladi xabarda.