AsosiyDunyo
6034

AQShda rasman Samsung Galaxy Note 7 savdosi taqiqlandi

Amerikada Samsung Galaxy Note 7 smartfonlarning savdosini taqiqlashdi, deya xabar beradi Associated Press.

Avvalroq Samsung kompaniyasi ushbu modeldagi smartfonlarni sotuvdan qaytarib olgandi. Bunga sabab batareya portlashi bilan bog`liq bir necha o`nlab holatlardir. Ishlab chiqaruvchi haridorlarga telefonlarni almashtirib berishga va`da berdi.

Ammo Amerikaning iste`molchilar xavfsizligi bo`yicha komissiyasi rahbari Eliot Key kompaniyani tanqid ostiga olib, rasman taqiq qo`yish kerakligini ma`lum qildi. Uning so`zlariga ko`ra, kompaniya mahsulotini sotuvga chiqarishdan oldin tekshirib ko`rishi kerak bo`lgan. U milliondan ortiq Galaxy Note 7 uskunalari yaroqsiz ekanligini ta`kidladi.

Smartfonlarni qaytarib olish iPhone yangi modelining anonsi atrofida sodir bo`ldi.

Boshqa yangiliklar