Braziliya prezidenti Luiz Inasiu Lula da Silva norozilik namoyishlari tufayli mamlakat poytaxtida yanvar oyi oxirigacha favqulodda holat e`lon qildi. Shuningdek, u tartibsizliklarni keltirib chiqarganlarni jazolashga va`da berdi. “Ularning barchasi qonun bo`yicha to`laydi. Kim buni qilgan bo`lsa, topiladi va jazolanadi. Biz fashistlar deb ataydigan odamlar, saroy va kongressga bostirib kirgan”, - deb yozdi da Silva Tvitterda.
Hukumat iste`fosini talab qilib, prezidentlik saylovlarida mag`lub bo`lgan Jair Bolsonaro tarafdorlari 8 yanvar, yakshanba kuni kechki payt kongress (ya`ni parlament) binosiga bostirib kirishdi. Bolsonaristlar prezident saroyi va Federal Oliy sud binolariga ham bostirib kirishgan Polisiya tayoq va toshlar bilan qurollangan namoyishchilarga qarshi ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan.
Poytaxt federal okrugi jamoat xavfsizligi kotibiyati rahbari Anderson Torres tvitterda "tartibni tiklash uchun" zudlik bilan chora ko`rishni buyurganini aytdi. Mamlakat Adliya va jamoat xavfsizligi vaziri Flavio Dino Bolsonaro tarafdorlarining antidemokratik harakatlarining bema`niligini e`lon qildi va "irodani kuch bilan o`rnatishga urinish g`alaba qozonmasligini" ta`kidladi.
Braziliya poytaxtidagi tartibsizliklar allaqachon AQSh, Evropa Ittifoqi va Lotin Amerikasining qator davlatlari tomonidan qoralangan.