Xonanda Ozoda Nursaidovaning otasi vafot etdi. Bu haqda xonanda o`zining Instagram sahifasi orqali ma`lum qildi. Sahifasida u otasining suratini ham joylashtirdi.

Ma`lum qilinishicha, xonandaning otasi Parpi Nursaidov kecha, 20 yanvar kuni bu yorug` olamni tark etgan. Ayni paytda Instagram tarmog`ida xonandaga uning hamkasblari va muxlislari tomonidan hamdardliklar bildirilmoqda.






