Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uning qayd etishicha, SOVID-19 profilaktikasida qo`llanilayotgan vaksinalar xastalik og`ir o`tishi, gospitalizasiya hamda o`lim holatlarining oldini olishda ishonchli ta`sirga ega.
Faqat maksimal samaradorlikka erishish uchun to`liq bosqichda va buster dozada emlanish zarur.
Bunga, birinchi navbatda, xavf guruhiga mansub aholi qatlami, ya`ni:
60 yoshdan oshganlar,
surunkali kasalliklarga chalinganlar,
immuniteti zaif bemorlar,
homilador ayollar,
tibbiyot xodimlari amal qilishlari kerak.
O`z navbatida, JSST mas`uli ba`zi ommaviy axborot vositalarida buster doza keksa yoshli kishilarda insult xavfini keltirib chiqarishi to`g`risidagi xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ta`kidladi.
“O`rganishlarimiz davomida mazkur holatlar o`z tasdig`ini topmadi. Qolaversa, tashkilotga bu borada hech qanday e`tiroz, shikoyat va shubhali holatlar bo`yicha ma`lumotlar ham kelib tushmagan” — deydi ekspert.
Doktor Keyt O’Brayen koronavirusning yangi mutasiyalari keng tarqalayotgan hozirgi sharoitda kuchaytiruvchi dozada emlanish pandemiyaning navbatdagi kuchli to`lqinlariga qarshi mustahkam to`siq bo`lishini ta`kidladi.