1

Norin daryosi qirg`oqlari emirilayotgani aytildi (video)

Jamiyat 26.01.2023, 22:29
Norin daryosi qirg`oqlari emirilayotgani aytildi (video)

Bugun, 26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda "Norin Tumanidagi "Norin Daryo"sini to`sib turadigan damba qulagani aytilmokda" nomli xabarlar tarqaldi.

Namangan FVB Axborot xizmati holat bo`yicha rasmiy munosabat berdi.

Unda aytilishicha, Norin tumanidan oqib o`tuvchi Norin daryosining chap qirg`og`ini emirilishi oqibatini bartaraf etish jarayonlari boshlandi.

Jarayon to`liq nazoratga olingan, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimlari jalb qilingan, hozirda maxsus texnikalar va soxa mutaxasislari bilan birgalikda dambani mustahkamlash ishlari olib borilmoqda.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1