O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2022 yilda 18,6 foizga o`sib, 50 milliard dollarni tashkil etgan: 19,3 milliard dollarlik mahsulot eksport qilingan, 30,7 milliard dollarlik tovarlar import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi ma`lum qildi.
Unda aytilishicha, respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo`lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya (9,2 milliard dollar) va Xitoy (8,9 milliard dollar) etakchiga aylangan. Umuman olganda Rossiya va Xitoyning O`zbekiston umumiy tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022 yilda 36,4 foizni tashkil etdi. Bu ko`rsatkich 2021 yil yakunlari bo`yicha 35,6 foiz, 2020 yil yakunlari bo`yicha esa 33,2 foiz bo`lgan.
O`zbekistonning 2022 yildagi tashqi savdo aylanmasida eng yuqori ulushga ega davlatlar ro`yxati quyidagicha:
- Rossiya — 9,2 milliard dollar;
- Xitoy — 8,9 milliard dollar;
- Qozog`iston — 4,6 milliard dollar;
- Turkiya — 3,2 milliard dollar;
- Janubiy Koreya — 2,3 milliard dollar;
- Qirg`iziston — 1,2 milliard dollar;
- Germaniya — 1,1 milliard dollar;
- Turkmaniston — 926 million dollar;
- Afg`oniston — 759 million dollar.