Shanliurfa Islom olamining “2023 Turizm shahri” deb topildi

Dunyo 01.02.2023, 09:43
Teglar: Turkiya, Shanliurfa
Shanliurfa Islom olamining “2023 Turizm shahri” deb topildi

Turkiya viloyatlaridan biri bo`lgan Shanliurfa, “Islom hamkorlik tashkiloti” 11-Turizm Vazirlari Konferensiyasida “2023 yil turizm shahri” etib belgilandi.  57 a`zo davlatga ega bo`lgan “Islom hamkorlik tashkiloti” tomonidan berilgan ushbu e`tirofni nishonlash uchun Shanliurfa bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi, jumladan, Xalqaro Halol ko`rgazmasi, Islom olami olimlari simpoziumi va Islom dunyosini birlashtirgan sayohat kitoblari simpoziumi Turizm shahri maqomiga ko`ra, Shanliurfa bu yil mahalliy va chet ellik sayyohlarni ikki barobar ko`p jalb qilishi kutilmoqda.

Shanliurfa: Arxeologiya va dinlar tarixi orasidagi ko`prik       

Ko`pincha Turkiyaning janubi-sharqidagi ochiq osmon ostidagi muzey sifatida tasvirlangan Shanliurfa favqulodda tarixiy, diniy va arxeologik kashfiyotlarni taqdim etadi. 12 ming yillik tarixga ega Shanliurfa turli dinlar, madaniyatlar va sivilizasiyalarning izlarini o`zida mujassam etgan “Birinchi va eng qadimgi” shahar sifatida diqqatni tortmoqda. Ko`pgina dinlar nuqtai nazaridan muqaddas hisoblangan shahar, Balikligo`l (Baliqli ko`l) va Ayn Zeliha (Zelihaning ko`zi) kabi diqqatga loyiq joylarga mezbondir. YuNESKOning Jahon merosi ro`yxatiga kiritilgan Go`beklitepe va neolit ​​davriga oid “Tosh Tepalar” hududi ham Shanliurfada. Va nihoyat, tarixiy «Harran» gumbazli uylari va tabiiy go`zalliklari bilan ajralib turadigan sokin shahar Halfeti ham bu qadimiy shaharning ko`rish zarur bo`lgan joylaridir.

Go`beklitepeda o`tmish va insoniyat tarixining izlari...

Arxeologlarning sivilizasiyalar va dinlarning boshlanishiga qarashlarini o`zgartirib, insoniyat tarixini qayta shakllantirgan Go`beklitepe, ilgarigi hayotni biz o`ylaganimizdan ko`ra ancha rivojlanganligini isbotlovchi topilmalarni o`z ichiga oladi. Joydagi monumental me`morchilikning ilk namunalarini tashkil etuvchi T shaklidagi obelisklar neolit ​​davri jamoalarining ijtimoiy tashkilotga ega bo`lganligini va e`tiqod uchun birlasha olganligini ko`rsatadi.  Go`beklitepega o`xshash xususiyatlarga ega 12 ta arxeologik ob`ektdan tashkil topgan “Tosh Tepalar” kengroq maydon, davom etayotgan qazishmalardan olingan topilmalar bilan tarixdan oldingi hayotning qadimgi turmushning noma`lum tomonlarini ochib berishda davom etmoqda. Shuningdek, Shanliurfa shu yilning sentyabr oyida 2023 yilgi “Jahon neolit ​​kongressi”ga mezbonlik qiladi.

Turkiyaning eng katta muzey majmuasi Shanliurfada

Shanliurfa muzeylar shahridir. Turkiyaning eng katta muzey majmuasi bo`lgan Shanliurfa arxeologiya muzeyi, dunyodagi eng katta neolit ​​kolleksiyasi bo`lib, Axilley va Amazonlar hayotini aks ettiruvchi ulkan va ajoyib Rim villasi mozaikasi joylashgan Haleplibahche mozaika muzeyi tashrif buyuruvchilarni xronologik kontsepsiya bilan vaqt bo`ylab sayohatga olib boradi. Mifologik tasvirlarni o`z ichiga olgan ajoyib mozaikalar orqali siz, san`at tarixining asosiy unsurlarini xis qilishingiz mumkin.

Balikligo`lda tilaklar aytiladi

Balikligo`l, bozorlari bilan bir qatorda diniy va Shanliurfaga xos ramziy ma`noga ega madaniy majmua sifatida e`tiborni tortadi. Afsonaga ko`ra, Ibrohim payg`ambar shoh Namrud va butparastlar bilan qattiq kurash olib borganidan so`ng, shoh Namrud tomonidan olovga tashlangan. Biroq, Ibrohim payg`ambar olovga tushganda, alanga o`rnida tiniq ko`l paydo bo`ldi va yonayotgan o`tin baliqqa aylandi. Balikligo`l aynan shu ko`l ekanligiga ishoniladi. Ibrohimga ishongan va shoh Namrudning qizi bo`lgan Zeliha ham o`zini olovga tashladi va Ayn Zeliha (Zelihaning Ko`zi) u yiqilgan Balikligo`lning yonida hosil bo`ladi.

Halfeti shahri tashrif buyuruvchilarni hayratda qoldiradi

Halfeti o`zining go`zal manzaralari bilan tashrif buyuruvchilarni maftun etadi. Halfeti 2013 yilda «Sittaslov» xalqaro muvofiqlashtirish qo`mitasi tomonidan "sokin shahar" tarmog`iga kiritilgan edi. Suv ostida qolgan aholi punktlari, Gaziantep chegaralaridagi qoyaga o`yilgan Rumkale qal`asi kabi erlarni qayiq sayohati davomida ko`rish mumkin. Halfeti, shuningdek, ro`yxatga olingan qora atirgulning vatani bo`lib, u o`zining noyob rangi va hidini o`sadigan tuproqdan oladi.

Shanliurfaning unumdor Harran tekisligida gumbazli uylar, dunyodagi birinchi universitet va Onado`lidagi eng qadimgi masjidlardan biri joylashgan. Harran masjidi (744–750) islom me`morchiligining bir qismi sifatida Onado`lida qurilgan eng qadimgi masjiddir. Terakotani atirgul yog`i, somon va tuxum oqi aralashtirib tayyorlangan ohakdan qurilgan bu gumbazli uylar me`morchiligi va materiallari tufayli yozda salqin, qishda esa issiq bo`ladi. Harranda XII asrga oid madrasa qoldiqlari joylashgan arxeologik joy ham mavjuddir. Harran madrasasi dunyodagi birinchi va eng qadimgi universitet sifatida e`tiborni tortadi.

Sharhlar

Rossiyalik qutqaruvchilar Turkiyadagi vayronalar ostidan 150 ming AQSh dollari topib olishdi

14.02.2023, 13:14

Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...
⚡️“Turkiyada o`qilayotgan janozalar bizning uyimizda bo`layotgan motamdir” (video)

11.02.2023, 23:36

Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va...
⚡️ Turkiyada zilzila qurbonlari 6 ming nafarga, Suriyada esa 2 ming nafarga yaqinlashdi

08.02.2023, 10:49

Turkiyada zilzilalar sabab 5 ming 894 kishi hayotdan ko`z yumdi, 8 ming kishi qutqarildi.Bu haqda Vise-prezident Fuat Oktay ma`lum qildi.Qayd etilishicha, ayni paytga qadar zilzilalarda...
Niderland seysmolog olimi Turkiyadagi zilzilani uch kun oldin prognoz qilgani ma`lum bo`ldi

06.02.2023, 13:15

Avval xabar qilganimizdek, Turkiyaning janubi-sharqida, Suriya bilan chegara yaqinida 7,4 ballik kuchli zilzila yuz berdi. Shuningdek, zilzila Turkiyadan tashqari Suriya, Kipr va Livanda ham ko`plab...