O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. Komissiya maxsus organlarni qurol-yarog`, harbiy va maxsus texnika bilan ta`minlashning yaqin, o`rta va uzoq istiqbollarini belgilaydi, bu borada tegishli dasturlarni ko`rib chiqadi, tasdiqlaydi. Maxsus organlarni harbiy va ikki xil maqsadga mo`ljallangan mahsulotlar bilan ta`minlashni moliyalashtirish masalalarini ko`rib chiqib, uning manbalarini belgilaydi. Davlat mudofaa buyurtmasini ko`rib chiqib, tasdiqlaydi.
Shuningdek, urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirig`ini biriktirish bo`yicha takliflarni, maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar bajarilishini ko`rib chiqadi va boshqa qator vazifalarni amalga oshiradi.
Davlat komissiyasi raisi O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev hisoblanadi.
Hujjatda belgilanishicha, Mudofaa sanoati davlat qo`mitasi negizida (Mudofaa vazirligi huzurida) Mudofaa sanoati agentligi hamda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida “O`ztextreyd” davlat unitar korxonasi tuzildi. Mazkur korxona xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug`ullanadi.
01.02.2023, 09:59
Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...08.08.2022, 11:02
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida bo`lib o`tgan brifingda Shavkat Mirziyoevning joriy haftadagi ish jadvali haqida ma`lumot berildi. Ma`lum qilishicha, davlat rahbarining joriy haftadagi ish jadvalida O`zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy...24.06.2022, 22:11
O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 24 iyun kuni “BRIKS plyus” formatidagi Global taraqqiyot masalalari bo`yicha yuqori darajadagi muloqotda...04.11.2021, 21:03
Prezident Shavkat Mirziyoev 4 noyabr kuni investisiya loyihalarining samaradorligini oshirish masalalari bo`yicha yig`ilish o`tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Davlatimiz tomonidan oqilona iqtisodiy diplomatiya...