AsosiyJamiyat

Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi

'Buxoroda arab tilini o`rgatish bahonasida 40 nafarga yaqin odamga noqonuniy diniy ta`lim berib kelayotganligi aniqlandi'ning rasmi

Buxoroda moddiy manfaat orttirish maqsadida tashkil etilgan markazlarda noqonuniy diniy ta`lim olish holati aniqlandi, deya xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 31 yanvar kuni Buxoro viloyati, Peshku tumanida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t., “S.Sh.” va 1990 yilda tug`ilgan “X.B.”lar tomonidan tashkil etilgan “Misvoh” nomli o`quv markazida arab tilini o`rgatish bahonasida 9 nafar voyaga etmagan yoshlar va 19 ta katta yoshdagi shaxslarga qonunga xilof ravishda diniy ta`lim berib kelayotganligi ichki ishlar idoralari tomonidan aniqlangan.

Bundan tashqari, 1993 yilda tug`ilgan “T.M.” Internet ijtimoiy tarmoqlarining “Telegram” mesenjerida“Muslimalar” nomli virtual guruh tashkil qilib, 8 nafar fuqarolarga onlayn tarzda diniy ta`lim berayotganligi aniqlangan.

O`tkazilgan surishtiruv tadbirlari jarayonida, “T.M.” rasmiy hujjatlari bo`lmagan holda arab tilini o`rgatish bahonasida noqonuniy ravishda diniy ta`lim berib kelayotgani aniqlangan.

Javobgar shaxslar tomonidan O`zbekiston Oliy sudi tomonidan faoliyati taqiqlangan “Salafiylar” DEO ning g`oyaviy rahnamolaridan biri bo`lgan “Sodiq Samarqandiy”ning ma`ruzalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatib kelganligi ham ma`lum bo`lgan.

Ushbu fuqarolarning hatti-harakatlarida O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 241-moddasida (Diniy ta`limotdan saboq berish tartibini buzish) ko`zda tutilgan noqonuniy harakatlar mavjud deb topildi. 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar