AsosiyJamiyat
3104

DXM hamda my.gov.uz orqali qo`shimcha 200 ta davlat xizmatlarini ko`rsatish belgilanmoqda

'DXM hamda my.gov.uz orqali qo`shimcha 200 ta davlat xizmatlarini ko`rsatish belgilanmoqda'ning rasmi

“2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to`g`risida”gi Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo`yildi.

Loyihada, jumladan, quyidagilar belgilanmoqda:

 -davlat organlari va tashkilotlarining aholi va tadbirkorlarga ko`rsatiladigan servis xizmati sifatini oshirish borasidagi faoliyatini reyting baholash tizimini joriy etish;

-davlat organlari va tashkilotlari tomonidan an`anaviy tarzda ko`rsatiladigan qo`shimcha 200 ta davlat xizmatlarini DXM hamda YaIDXP (my.gov.uz) orqali ko`rsatish;

-aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bo`lgan shaxslar, og`ir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyiga chiqish orqali, ko`rsatilgan xizmat uchun qo`shimcha to`lov undirilmagan holda ko`rsatish;

-elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan o`tkazish bo`yicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda (xizmat ko`rsatuvchi tashkilotning o`z tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) ko`rsatish.

Loyihada shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan pensionerga hisoblangan, lekin o`z vaqtida olinmagan pensiyani to`lash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilishi nazarda tutilgan.  

Ushbu havola orqali Farmon loyihasi muhokamasida faol ishtirok eting: https://regulation.gov.uz/oz/d/76071

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar