AsosiyJamiyat

Angrenda 18 yoshli qiz o`zini osib qo`ydi

'Angrenda 18 yoshli qiz o`zini osib qo`ydi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 18 yoshli qiz osilgan holatda topildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 28 yanvar kuni  soat taxminan 18:30 larda  Angren shahar, “Beruniy” m.f.y yashagan, 2004 yilda tug`ilgan qiz R.N. yashash uyining molxona to`siniga oq rangli mato bilan o`zini-o`zi osib, o`z joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan marhumaning yaqinlari va boshqa tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olinib, sudga oid tibbiyot ekspertiza tayinlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Angern shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar