Farg`onada 20 yoshli o`g`il oilaviy kelishmovchilik sabab o`z onasini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda "zamon" informasion dasturida xabar qilindi.
Ma`lum qilinishicha, Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar "Do`stlik" mahallasida yashovchi fuqaro A.R. pichoq bilan onasining elka qismiga qasddan urib, uning o`limiga sababchi bo`lgan. Yigit sal avval ota, marhuma esa buvi bo`lgan edi.
“O`sha kuni marhuma va kelin o`rtasida kelishmovchilik yuz bergan. Fuqaro A.R. oilasini bu janjallardan tashqariga olib chiqib ketaman degan maqsadda ko`ch-ko`ronini ko`tarmoqchi bo`lgan. Bizga ushbu oilada janjal bo`layotganini xabar qilishdi. Xotin-qizlar faoli, profilaktika noziri bilan kirib borayotganimizda shu holat yuz berdi”, — deydi mahalla raisi.
Sudlanuvchi ilgari tayinlangan 12 yillik qamoq jazosidan norozi bo`lib, voyaga etmagan farzandi va ikki nafar ukasi borligi, otasini esa kasal deb, apellasiya tartibida shikoyat kiritgan. Farg`ona viloyati sud apellyasiyasi instansiyasida mahkumning shikoyati ko`rib chiqilib, sud hukmi o`zgarishsiz qoldirilgan.
12.05.2023, 09:55
Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida "Gentra" jarlikka tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, hodisa joriy...29.04.2023, 11:56
Farg`ona viloyatida dahshatli qotillik yuz berdi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.Ma`lum qilinishicha, erkak o`zining xotini va qanotasini vahshiylarcha pichoqlab o`ldirgan. Bunga sabab oilaviy kelishmovchilik...26.04.2023, 10:39
Ijtimoiy tarmoqlarda “Surxondaryo viloyat Denov tuman Katta karshi mahallasida onasi tomonidan ayovsiz kaltaklangan qizchaning holati aks etgan videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Denov tuman Ichki ishlar boshqarmasi...17.04.2023, 13:04
Pastdarg`om tumanida 31 yoshli ayol 33 yoshli erkakdan tovlamachilik yo`li bilan pul talab qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, erkak...