O`zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjudligi ma`lum qilindi

Iqtisodiyot 17.03.2023, 14:24
O`zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjudligi ma`lum qilindi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining ma`lum qilishicha, O`zbekistonda rangli metallarning katta zaxirasi mavjud. Oltinning tasdiqlangan zaxiralari 6,4 ming tonna, kumush 24,6 ming tonna, mis 21,3 million tonnani tashkil etadi.

So`nggi 6 yilda ishlov berish sanoatida metallurgiya sanoatining jismoniy hajmi ulushi 11 foizdan 24 foizga oshgani alohida e`tiborga molik. 2022 yilning 11 oyi davomida ishlab chiqarish hajmi 97,8 trln so`mni tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan 10 baravar ko`pdir.

Tahlilchilarning hisob-kitobiga ko`ra, 2030 yilga borib misga bo`lgan talab 45 foizga o`sib, yiliga 38 ming tonnaga etadi, bu esa elektromobillarga bo`lgan talabning ortishi va “yashil” tarmoq uchun infratuzilmaning rivojlanishi bilan bog`liq bo`ladi

️Umuman, respublika bo`yicha mis va ruxni chuqur qayta ishlash evaziga yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulot turlarini ishlab chiqarish o`sishi kutilayotgan bo`lib, xususan, mis va rux asosida tasma, simlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish ko`payadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1