AsosiyJAMIYAT

Saida Mirziyoyeva: Samarqanddagi ekologik forum Oʻzbekiston nufuzi ortib borayotganini koʻrsatdi

"Endigi asosiy vazifa tabiatni asrashga qaratilgan ushbu tashabbuslarni amaliyotga samarali tatbiq etishdan iborat", dedi Mirziyoyeva.

'Saida Mirziyoyeva: Samarqanddagi ekologik forum Oʻzbekiston nufuzi ortib borayotganini koʻrsatdi'ning rasmi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqand shahrida o‘z ishini boshlagan Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi ishtirokchilariga Prezidentning tabrik murojaatini o‘qib eshittirganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, mazkur forum Markaziy Osiyo va butun dunyo uchun dolzarb bo‘lib turgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolarni muhokama qilish imkonini bergan. Shu bilan birga, tadbir O‘zbekistonning global ekologik kun tartibidagi o‘rni va nufuzi tobora mustahkamlanib borayotganini yana bir bor namoyon etgan.

Saida Mirziyoyeva Assambleya doirasida "Eco Expo Central Asia – 2026" ko‘rgazmasi ham tashkil etilganini qayd etdi. Uning ma’lum qilishicha, ko‘rgazma maydonida "yashil" loyihalarni moliyalashtirish uchun 80 million dollarlik grantlar hamda 520 million dollardan ortiq investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar imzolangan.

"Endigi asosiy vazifa tabiatni asrashga qaratilgan ushbu tashabbuslarni amaliyotga samarali tatbiq etishdan iborat", dedi Mirziyoyeva.

Qayd etilishicha, Global ekologik jamg‘armaning 8-Assambleyasi va "Eco Expo Central Asia – 2026" ko‘rgazmasida dunyoning 180 mamalakatidan 8,5 mingdan ortiq mutaxassis ishtirok etmoqda.

    Boshqa yangiliklar