1

Afg`onistonda nasha etishtirish taqiqlandi

Dunyo 19.03.2023, 18:30
Afg`onistonda nasha etishtirish taqiqlandi

Afg`oniston bo`ylab nasha (marixuana) etishtirish taqiqlandi. Bu haqda Afg`onistondagi Muvaqqat hukumat – “Tolibon” oliy rahbari Hibatulloh Oxundzoda farmon imzoladi.

"Mamlakat bo`ylab nasha etishtirish qat`iyan man etiladi. Sudlar qonunbuzarlarni shariat qonunlariga ko`ra jazolashga majburdir", deydi “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid.

Qayd etilishicha, hujjat tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi va rasmiy gazetada e`lon qilinadi.

Afg`oniston dunyodagi eng yirik afyun va nasha ishlab chiqaruvchilardan biridir. Mamlakatda nasha ishlab chiqarish hajmi to`g`risida aniq ma`lumotlar mavjud emas. 2022 yil dekabr oyida Afg`onistonda mamlakat bo`ylab ko`knori etishtirish taqiqlangan edi.

BMT ekspertlarining hisob-kitoblariga ko`ra, 2009 yilda Afg`onistonda nasha etishtirish uchun mamlakatning 17 viloyatida 10 mingdan 24 ming gektargacha ajratilgan maydonlar bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1