Saida Mirziyoeva Oq uyda Jo Baydenning yordamchisi va AQSh prezidenti administrasiyasining gender siyosati bo`yicha Kengashi direktori Jennifer Klyayn bilan uchrashdi.
“Biz O`zbekistonda Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan muhim islohotlar haqida suhbatlashdik.
Suhbatning asosiy mavzularidan biri - xotin-qizlarni gender zo`ravonlikdan himoya qilish va O`zbekistonda unga yo`l qo`ymaslik uchun amalga oshirilayotgan ishlar bo`ldi.
Umuman, muloqotimiz ochiq va samimiy bo`lib o`tdi. O`zbekistonning Jinoyat va Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodekslariga ayollar va voyaga etmaganlarga nisbatan zo`ravonlik jinoyatini nazarda tutuvchi o`zgartirishlar faqat qog`ozda qolmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni atroflicha muhokama qildik. Jennifer Klayn bu borada amaliy yordam berishni taklif qildi. Shuni inobatga olgan holda, kelgusida aloqalarimizni yanada mustahkamlash va kengaytirish imkoniyatiga ega bo`lamiz, deb o`ylayman”, - deydi Mirziyoeva.






